Kingning o‘zi bu romanni "haddan tashqari qo‘rqinchli" deb hisoblab, uni nashr etishdan uzoq vaqt ikkilanib yurgan — ammo birgina birinchi yilning o‘zidayoq uning 657 000 nusxasi sotilgan! Ushbu kitob, shuningdek, Meri Lambert tomonidan suratga olingan filmga asos bo‘lgan (aytmoqchi, Kingning o‘zi ham unda qisqa epizodda ko‘rinish bergan).
Sirtdan qaraganda, Kridlar oilasi "Amerika orzusi"ning yaqqol timsolidek ko‘rinadi: muvaffaqiyatli shifokor ota, go‘zal ona va yoqimtoy farzandlar. Ularning bu mukammal hayot tarzida yetishmayotgan yagona narsa — katta va ko‘hna uy edi; ko‘p o‘tmay ular aynan shunday uyga ko‘chib o‘tadilar.
Ammo bu osoyishta hayot to‘satdan dahshatli tushga aylana boshlaydi. Chunki yangi uylarini o‘rab turgan qadimiy o‘rmonda o‘limdan ham qo‘rqinchliroq — va... kuchliroq bo‘lgan qandaydir bir narsa poylab turardi.

