Dunyoda baxt va muvaffaqiyat sirlarini ochib berishni, hayotingizni boyitishni hamda shaxsiy salohiyatingizni ro‘yobga chiqarishni va’da qiluvchi minglab kitoblar mavjud; ular sizga "Kam bosilgan yo‘l"dan yurish, "Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir o‘tkazish" yoki "Ichingizdagi ulkan kuchni uyg‘otish" yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Xo‘sh, ulardan qaysi biri hayotingizda haqiqiy o‘zgarish yasay oladi? Tom Batler-Bouden sizga eng ta’sirli g‘oyalar, chuqur mulohazalar va amaliy usullarni taqdim etish maqsadida juda ko‘p kitoblarni o‘rganib chiqdi. Muallif jahon dini, madaniyati, falsafasi va tarixi merosini o‘zida aks ettirgan ellikta afsonaviy asarga tayanib, ulardagi asosiy g‘oyalarni saralab oldi va muhim jihatlarni alohida ta’kidlab o‘tdi.

