Hayotimizda shunday lahzalar bo‘ladiki, ularni hech qachon unutgimiz kelmaydi…
Ba’zan kulib yozamiz, ba’zan ko‘z yoshlar bilan. Ba’zan orzu qilamiz, ba’zan esa ichimizdagi og‘riqlarni qog‘ozga topshiramiz.
Ushbu daftar hayotingizdagi eng muhim onlar uchun yaratilgan:
— unutilmas lahzalar ✨
— yurakni larzaga solgan voqealar
— kulminatsion holatlar
— xursandchiliklar va sukutdagi qayg‘ular
— ichingizda aytilmay qolgan hislar…
Ichki sahifalari bir xil, ammo 6 xil nafis va zamonaviy muqova dizayni bilan — har bir qiz o‘z kayfiyati va ruhiyatiga mosini tanlashi mumkin 🌸
Bu daftar sizni tushunadi, sizni tinglaydi va sirlaringizni asraydi.
Agar siz:
• his-tuyg‘ularingizni yozib yengillashishni
• xotiralarni saqlab qolishni
• o‘zingiz bilan yolg‘iz qolishni yaxshi ko‘rsangiz —
“Hayotimdan bitiklar” aynan siz uchun.
✍️ Chunki ba’zi hislar faqat yozilgandagina tinchiydi…

