Hayit bayrami uchun maxsus mo‘ljallangan chiroyli sovg‘a atkritkasi. Ushbu atkritka ichiga pul solib, yaqinlaringizga, farzandlaringizga yoki do‘stlaringizga hayitlik sifatida sovg‘a qilishingiz mumkin. Bayramona dizayni, chiroyli rasmlari va bezaklari bilan hayit kayfiyatini yanada ko‘taradi.
Atkritka ichida pulni joylash uchun maxsus joy mavjud bo‘lib, sovg‘ani yanada chiroyli va esda qolarli qiladi. Bolalar va kattalar uchun mos bo‘lib, hayit kunlari uchun ajoyib sovg‘a varianti hisoblanadi.
Hayit muborak bayramida yaqin insonlaringizni quvontirish uchun ideal sovg‘a!

