Erla Sato MIX - bu tayoqchali xushbo’y diffuzor ko'rinishidagi zamonaviy uslubga ega havoni xushbo’ylantiruvchi vosita. Elegant va ixcham. Uning yordamida siz uyingiz, ofisingiz va har qanday boshqa xonalardagi xohlagan joyingizni oson yangilashingiz va bezatishingiz mumkin. Noyob xushbo’y kompozitsiyalar interyer atmosferasini o'zgartiradi va uni 3 oygacha saqlanib turadigan xushbo'y hid bilan to'ldiradi.
Erla Sato - bu haddan tashqari mustahkam hidga ega xushbo’y hidli tayoqchalar bo'lib, siz ulardan har qanday istalmagan hidlarni yashirish uchun muvaffaqiyatli foydalanishingiz mumkin. Xushbo’y moydan iborat minimalistik va elegant, bejirim flakon - bu juda qulay yechimdir. Diffuziya – singib ketish printsipi bo’yicha ishlovchi xushbo’y hidlardan iborat ushbu tayoqchalar asosida na issiqlik, na energiya talab qilmaydi. Siz uni o’zingiz sevgan joyingizga o'rnatishingiz mumkin. Tayoqchalar - stiklar o'z-o'zidan xushbo’y modda bilan singdiriladi va uni asta-sekinlik bilan o’zidan ajratib chiqaradi.
Erla Sato xushbo’y hidining intensivligini tayoqchalar yordamida boshqarish mumkin. Essentsiyaga qancha ko’p tayoqcha botirilsa, hid shunchalik aniq bo'ladi. Kattaroq xonalarda SATO rusumli havo tozalagichlar bir-biriga qo’shilib, o'ziga xos bo’lgan shaxsiy xushbo’y iforni yaratishi mumkin.
DIQQAT: ERLA xushbo'y hidlari bozordagi ko'pgina analoglardan farqli o'laroq, yuqori konsentratsiyali, tabiiy aromatik moylardan foydalanishi sababli, foydalanishni bitta qamishni shishaga botirishdan boshlashni tavsiya etamiz. Agar xona etarli darajada xushbo'y hid bilan to'ldirilgan deb o'ylamasangiz, boshqasini qo'shing. Xona kerakli darajaga aromatizatsiya qilinmaguncha va hokazo.

New Day – Yangi kun kompozitsiyasi o'zining tetiklantiruvchi xushbo'y hidi bilan nazarimizda "Bu kun yaxshi kun bo'ladi" deb qichqirayotganga o'xshaydi. Mandarinning yangi uzilgan va sof hidi bizni bahor tongining o'rtasida to’g’ridan-to’g’ri sayohatga olib boradi.

Xushbo’y hidli Good Morning – Xayrli tong kompozitsiyasi sizning his-tuyg'ularingizni jamlaydi va ularni yangi energiya – kuch-quvvat bilan to'ldiradi. Kola qo'shilgan qizil mevalarning tetiklantiruvchi notalari harakatlarni tezlashtiradi va rag'batlantiradi. Good Morning - Xayrli tong xushbo'y hidi bilan to'ldirilgan interyer zavq-shavq bag'ishlaydi va quyoshli yoz tongidek yangi, jonli ruh bilan nafas oladi.
Sweet Evening - Totli oqshom kompozitsiyasi – bu mazali rezavor mevalarning issiq, Shirin xushbo’y hididir. O’zining xushbo'y va uy-ro'zg'or ta’rifi bilan bog’liq muattar bo’yi o'ziga xos zavq bag'ishlaydi, har tomonlama qulaylikni ta’minlaydi, tinchlantiradi va bo'shashtiradi. U bizni uchqunlar sachrab turgan kamin oldida olib boradi, u yerda biz chernikadan tayyorlangan bir bo'lak pirog bilan issiq adyol ostida oqshomni bemalol o'tkazamiz.

Tetiklantiruvchi xushbo’y hidli Summer Time - Yoz vaqti kompozitsiyasi limonning tetiklantiruvchi xushbo’y hidiga asoslangan. Limonning yangi uzilgam va tetiklantiruvchi xushbo'y hidi xonani sitrus butalari quyosh va iliqlikdan bahra olgan Jannat oroliga aylantiradi.
Green Breath - Yashil nafas xushbo’y hidli kompozitsiya – bu ko’k choyning tinchlantiruvchi hididir. His-tuyg’ularni tinchlantiradi, xotirjam qiladi va bo'shashtiradi. Ushbu hid bilan to'ldirilgan interyer tinchlik va osoyishtalik hissiyotlarini taqdim etuvchi hashamatli spa-salonga aylanadi.

Paradise Love - Sato rusumidagi havoga xushbo’y hid taratuvchilar assortimentidagi eng his-tuyg’ularga boy kompozitsiya hisoblanadi. Gullarning nafis va nozik xushbo’y islari his-tuyg’ularni erkalaydi va tinchlantiradi. U tashvishli dunyoning tashqi shovqinini o'chiradi. Tinchlantiradi. Ushbu hid bilan to'ldirilgan interyer rohat-farog’atga boy bo’ladi, undagi insonlar esa eng yoqimli, romantik xotiralarini mamlakatga ko'chiradilar.

Yaroqlilik muddati paketda ko'rsatilgan.

