Smart Air SA600 havo tozalagichi 60 m² maydonni bor-yo‘g‘i 16 daqiqada tozalaydi.
Smart Air SA600 havo tozalagichi H13 sinfidagi havo filtri bilan jihozlangan bo‘lib, u bir o‘tishda 99,95% dan ortiq viruslar, bakteriyalar, PM2.5 zarrachalari va boshqa zararli ifloslantiruvchi moddalarni tutib qoladi.
PM2.5 (mayda zarrachalar)
Havo tarkibidagi va kun davomida nafas olish qulayligiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan chang, tutun va ifloslanish kabi mayda zarrachalarni tutib qoladi.
Chang
O‘lik teri hujayralari, tolalar va mayda chiqindilardan iborat odatiy maishiy zarrachalar. Havo tozalagich chang yuzalarga o‘tirib qolishidan oldin uning havoddagi miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Allergenlar
Aksirish, ko‘z yoshlanishi yoki nafas olishda noqulaylik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan uy hayvonlarining jun qoldiqlari (qazg'oq), chang kanalari zarrachalari va boshqa ta'sirlovchi omillar.
Guldang (O‘simlik changi)
Oynalar va kiyimlar orqali uyga osongina kirib boradigan tabiiy kelib chiqishga ega zarrachalar. Havo tozalagich bino ichida guldang ta'sirini kamaytirishga yordam beradi, ayniqsa allergiya mavsumida.
Zamburug‘ (mog‘or) sporalari
Nam muhitda mog‘or ajratib chiqaradigan mikroskopik sporalar. Ularni havoni tozalash orqali yo‘qotish dim (zatxly) hidlarni bartaraf etishga yordam beradi va nafas olish uchun sog‘lomroq muhit yaratadi.
HEPA orqali tozalash hamda hidlar va organik birikmalardan (LOCH/VOC) faollashtirilgan uglerodli filtratsiyalash — bularning barchasi kam energiya sarfi va hamyonbop filtr almashtirish imkoniyati bilan ta'minlanadi.


Ikki tomonlama havo tortgichlar havoni har ikki tomondan yuqori samaradorlikka ega to‘liq filtrlar to‘plami orqali tortib oladi va bu past shovqin darajasida kuchli tozalash hamda yuqori havo oqimini ta'minlaydi.

Dastlabki (old) filtr (setkali filtr)
Uy hayvonlarining yungi, chang-tozon va gul changi kabi yirik zarrachalarni ushlab qoladi — bu esa asosiy filtrlarning xizmat muddatini uzaytirishga yordam beradi.
H13 darajasidagi HEPA filtri
Havodagi 0,03 mikrongacha bo'lgan zarrachalarning 99,95 foizini, jumladan gul changi, mayda chang, tutun, bakteriyalar va uy hayvonlarining kepagini ushlab qoladi.
Faollashtirilgan ko'mirli filtr
Maishiy hidlar, tutun, uchuvchi organik birikmalar (VOC) va zararli gazlarni shimib oladi va neytrallashtiradi, xona havosini yanada musaffo qiladi.


Smart Air toza havo xavfsiz, oddiy va halol bo‘lishi kerakligiga ishonadi. Ayni shu sababli biz hiylalarga emas, sinovdan o‘tgan filtratsiyaga e'tibor qaratamiz. Hech qanday zararli ionizatorlar, Ultrabinafsha (UV) chiroqlar va ishonchsiz o‘rnatilgan havo sifati datchiklarisiz. Faqat har kungi xotirjamlik uchun yaratilgan samarali va sinovdan o‘tgan tozalash.
CARB sertifikati
Kafilorniya Havo Resurslari Kengashi (CARB) tomonidan havo tozalagichlar uchun belgilan xavfsizlikning qat'iy standartlariga javob beradi.
SAA sertifikati
Avstraliyaning elektr xavfsizligi standartlariga mosligi bo‘yicha mustaqil sinovlardan o‘tgan.
CE sertifikati
Yevropaning xavfsizlik, salomatlik va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy standartlariga mos keladi.
ETL sertifikati
ETL sertifikati mahsulot Shimoliy Amerikaning tan olingan xavfsizlik va elektr xavfsizligi standartlariga mosligi bo‘yicha Intertek laboratoriyasida mustaqil sinovlardan o‘tganini anglatadi.
Ozone Free (Ozonsiz) sertifikati
Qurilma ish jarayonida amalda zararli ozon ajratib chiqarmasligini tasdiqlovchi mustaqil sinovlardan o‘tgan.
GB/T 18801-2015 sertifikati
Xitoyning havo tozalagichlar unumdorligi va xavfsizligi bo‘yicha milliy standartlariga mos keladi.

