• 4 tasi 1 da namlagich va ventilyator
• Havoni sovutish va isitish funksiyasi
• Havoni namlantirish tizimi mavjud oz miqdorda
• Sensorli boshqaruv paneli
• Masofadan boshqarish pulti
• 12 soatgacha taymer
• Havo oqimi tezligini sozlash
• Kam shovqinli ishlash
• Energiya tejamkor rejim
• Yil davomida foydalanish mumkin
Elcom brendiga mansub Elcom L-0028 qurilmasi — yilning istalgan faslida xonadoningizda qulay mikroiqlim yaratish uchun universal yechimdir. U oʻzida namlagich, mobil konditsioner, ventilyator, havo sovutgich va isitgich funksiyalarini birlashtirgan boʻlib, uy, idora (ofis) yoki dala hovli uchun ideal tanlov hisoblanadi. Isitish funksiyasi tufayli qurilma yilning sovuq davrida xonani aʼlo darajada isitadi, yozning jazirama issigʻida esa havoni namlash va sovutish imkoniyatiga ega salqin havo ventilyatori sifatida ishlaydi.
Toʻplamga 2 ta muz idishi (kassetasi) kiradi, bu esa sovutish effektini yanada kuchaytirishga yordam beradi. 120 darajali burilish burchagi esa salqin yoki issiq havoning xona boʻylab teng taqsimlanishini taʼminlaydi. Qurilma havoni dezinfeksiya qilish uchun maxsus LED-svetodiodlar bilan jihozlangan boʻlib, bu nafaqat sovutish, balki havo sifatini yaxshilash va uni tozalash uchun ham juda foydalidir.
Boshqaruv maksimal darajada qulay — toʻplamda masofaviy boshqarish pulti mavjud boʻlib, u joyingizdan turmasdan turib kerakli ish rejimlarini sozlash imkonini beradi. Elcom L-0028 — bu har kuni sizning qulayligingiz va salomatligingiz haqida qaygʻuradigan ixcham, zamonaviy va samarali iqlim nazorati qurilmasidir.

