• Oddiy boshqaruv tugmasi
• Sokin ishlash rejimi
• 360° harakatlanadigan bosh qismi
• 220 ml suv sig‘imi
• Havoni namlash funksiyasi
• 4–8 soatgacha ishlash
• USB orqali ishlaydi
• Quruq tumanli atir sovg‘a sifatida
• Yorug‘lik funksiyasi
• Avtomobil va uy uchun
Bu havo namlagich — uyda ham, mashinada ham ishlatish uchun juda qulay. Suv quyasiz, tokka (USB) ulaysiz, va u havoni namlab, xona yoki salonni biroz salqinlashtiradi. Ayniqsa quruq havoda juda asqatadi.
Ichida 220 ml suv sig‘adi, shuning uchun bir necha soat tinmay ishlaydi — to‘liq suv bilan 4–8 soatgacha xizmat qiladi. Qurilma uncha katta emas, yengil, og‘irligi atigi 175 gramm. Tokni esa oddiy USB orqali oladi (telefon zaryadkasi kabi).
Fanar (yorug‘lik) funksiyasi ham bor — nur beradi, tun bo‘yi yoqib qo‘yish mumkin. Bosh qismi 360° harakatlanadi, ya’ni tuman qayerga chiqishini o‘zingiz sozlab olasiz. Juda sokin ishlaydi, shovqin deyarli chiqmaydi. Ichiga ozgina atir tomizib, xushbo‘y bug‘ chiqaradigan qilish ham mumkin.
Qutiga USB kabel, qurilma va quruq tumanli atir (sovg‘a sifatida) ham qo‘shib berilgan.

