Haruki Murakami: tun zulmati ortida
Yirik shahar megapolisda yarim tun. Son-sanoqsiz odamlar bir joyga yig‘ilgan "arilar uyasi", osmono‘par imoratlar, yaltir-yultur reklama, turnaqator ulovlar, ilonizi asfalt yo‘l-u temir yo‘llar, chang-u g‘ubor, shovqin-suron bari qorishib, chatishib ketgan olachipor makondagi kunduzgi yugur-yugur-u, g‘imir-g‘imir tinib, qorong‘i tushgach, atrofga g‘alati, sirli sokinlik cho‘kadi.
Yapon adibi Haruki Murakami qahramonlari yoshgina yigit va qizlar - olatasir, talato'p muhitga ko'nikolmagan, millionlar shahridagi yolg'iz qalblar shu zimistonda ko'cha kezib, suhbat qurib, dardlashib, o'zlarini qiynagan, uyqu bermagan savollarga javob topishga, zohiriy, botiniy chigallarni yechishga intilishadi. Mehr-oqibat, zulm-u zo'ravonlik, befarqlik, sabr-toqat, ro'yo va chin qorishiq tun pardasi ostida katta shahardagi kichik odamlar taqdiri, o'y-xayollari, orzu-armoniga sherik bo'larkansiz, yorug'lig-u, zulmatning ham turfa tusda, rangda, shamoyilda namoyon bo'lishidan hayratlanasiz.
Sahifa -175
Muqova qattiq
Leksington Arvohlari
"Leksington arvohlari" Haruki Murakami ijodining eng noyob, eng murakkab psixologiya va metafizika uyg‘unlashgan hikoyalar to‘plamidir. Bu kitobda muallif inson ongining yashirin qatlamlari, yolg‘izlikning sokin, ba’zan qo‘rqinchli ohanglari, tasodif va taqdirning kutilmagan to‘qnashuvlarini o‘ta nozik estetik sezgirlik bilan badiiy aks ettiradi.
Murakami qahramonlari kechagi xotiralar, murakkab tuyg‘ular, o‘tmishdagi og‘riqlar va tushunarsiz hodisalar domida yashaydi. Hikoyalar syujeti sokin, lekin ichki keskinlik bilan to‘la. Muallif g‘ayritabiiylik va real hayot o‘rtasidagi pillapoyalar uzra yurib, o‘quvchini ham bu noaniq, jozibali hududga boshlab kiradi. Uning minimalizm, ichki musiqiylik va metaforik qatlamlar uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘lgan uslubi inson ruhi, vaqt, xotira va yolg‘izlik haqida chuqur falsafiy mushohadalarni o‘rtaga qo‘ya olgani hamda sukunli bezovtalik hissiga to‘ldirishi bilan o‘qirmanni aslo befarq qoldirmasligiga ishonamiz.
Sahifa -181
Muqova qattiq

