"Harri Kubert ishi bo‘yicha haqiqat" (The Truth About the Harry Quebert Affair) asari 2012-yilda nashr etilib, darhol bestsellerga aylandi. Kitob sotuvga chiqqanidan so‘ng, birgina Fransiyaning o‘zida katta adadda sotildi va o‘ttizta tilga tarjima qilindi; uning muallifi — yigirma yetti yoshli shveytsariyalik yozuvchi Joel Diker esa Fransiya Akademiyasining "Grand Prix du Roman" hamda "Prix Goncourt des Lycéens" mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Voqealari AQShda bo‘lib o‘tadigan ushbu asar o‘ta murakkab va hayratlanarli syujet hamda kutilmagan yakun bilan ajralib turadi.

