Barcha ota-onalar farzandga odob-axloq qoidalarini o‘rgatish muhimligini yaxshi tushunishadi. Zero, bu ko‘nikmalar kelajakda juda asqotadi: ular bolaga yaxshi taassurot qoldirishga, boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam beradi. Kunlik reja asosida tuzilgan ushbu kitob odob-axloq qoidalarini o‘rganish va esda saqlashni osonlashtiradi. Shunchaki farzandingiz bilan birga o‘tirib, kuniga bitta bobni o‘qing, ayni paytda dolzarb bo‘lmagan qismlarni o‘tkazib yuboring va o‘zingiz uchun eng muhim deb bilgan jihatlarga e’tibor qarating. Farzandingiz ham uyda, ham jamoat joylarida o‘zini tutish qoidalarini o‘rganadi, xushmuomala muloqot sirlarini o‘zlashtiradi hamda atrofidagilarga e’tibor va hurmat bilan munosabatda bo‘lishni mashq qiladi. Qiziqarli o‘yinlar va mashqlar orqali odob-axloqni o‘rganish jarayoni ham bola, ham kattalar uchun maroqli mashg‘ulotga aylanadi.

