Ikki mamlakat yoshlarining uchrashuvi bilan boshlangan voqealar kitobxonni samimiy tuyg‘ular, quvonchli lahzalar va kutilmagan hayotiy sinovlarga boy olamga olib kiradi. Asarda O‘zbekiston va Indoneziyaning madaniyati, urf-odatlari hamda insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat iliq va ta’sirchan tarzda tasvirlangan.
Roman muhabbatni shunchaki ikki qalbning yaqinligi sifatida emas, balki ota-onaga, Vatanga, do‘stlarga va yaqin insonlarga bo‘lgan mehr timsolida ham talqin qiladi. Asardagi romantik kechinmalar odob doirasida, chiroyli va samimiy ifodalar bilan yoritilgan.
Kitob samimiy sevgi hikoyalarini, oilaviy qadriyatlar, sadoqat va fidoyilik mavzusidagi asarlarni sevib mutolaa qiladigan kitobxonlar uchun tavsiya etiladi.




