Kitob haqida:
Quyoshli kuz kunlaridan birida Meyn shtatidagi Chesters-Mill shaharchasi g‘alati gumbaz bilan qoplanadi. U deyarli o‘tkazmaydi: faqat ozgina havo o‘tadi. To‘siqni "havo-yer" klassidagi raketalar bilan ham yorib o‘tish mumkin emas.
Shaharcha aholisi qolgan dunyodan ajralib qoladi. Jinoyatchi va bir vaqtning o‘zida shahar boshqaruvi a’zosi, Katta Jim laqabli Jeyms Renni hokimiyatni egallab oladi va Chester-Millda qonunsizlik hukm suradi: soxta sudlar, jazosiz qotilliklar, giyohvand moddalar ishlab chiqarish. Katta Jimning o‘ng qo‘li uning Kichik laqabli psixopat o‘g‘li bo‘lib, u otasiga yoqmagan barcha odamlarni yo‘q qiladi.
Chester-Mill "qiroli" bilan tengsiz kurashga sobiq harbiy Deyl Barbara kirishadi. U nafaqat qonunsizlikni to‘xtatishga, balki gumbazning paydo bo‘lish sababini ham aniqlashga harakat qiladi. Bir nechta hamfikrlar bilan Deyl shaharchani normal hayotga qaytarish uchun hamma narsani qilmoqda. Ammo bu maqsadga erishish mumkinmi?..

