Kitob haqida
Jonatan Svift (1667-1745) - satirik yozuvchi, shoir, faylasuf va ruhoniy. Jahon adabiyotida D. Svift haqli ravishda satirik adabiyot ustasi sifatida e’tirof etiladi.
"Gulliverning sayohatlari" fantastik sayohat romani, pamflet va distopiyani o‘zida mujassam etgan. Taqdir taqozosi bilan kema shifokori Lemuel Gulliver halokatga uchragan kemaga tushib qoladi. Qahramonning 16 yillik sarguzashtlari shu tariqa boshlanadi: Liliputiyadan tortib, aql-zakovati odamnikiga teng otlar mamlakati - guingngmlargacha. Yozuvchi har bir sayohatda inson va jamiyatning turli illatlarini masxara qiladi.
"Gulliverning sayohatlari" - barcha yoshdagi kishilarga mo‘ljallangan ko‘p qirrali falsafiy roman. Svift Gulliver misolida insonning turli vaziyatlarga qanday moslashishini ko‘rsatadi.

