choyshablar to'plami: Yotoqxonangiz uchun nafislik va yuksak qulaylik
Uyingizga shinamlik, osoyishtalik va estetik go‘zallik baxsh etuvchi choyshablar to‘plami. Nozik va mayda gulli zamonaviy naqshlar bilan bezatilgan ushbu komplekt yotoqxonangiz aurasini butunlay o‘zgartiradi va har qanday interyerga mukammal darajada mos tushadi
Ikki tomonlama dizayn: Ko‘rpa jildining ustki qismi nafis gulli printlardan iborat bo‘lsa, ichki tarafi va choyshabi bir rangli och tonlarda ishlangan. Bu sizga kayfiyatga qarab yotoq ko'rinishini tez-tez o'zgartirish imkonini beradi.
Premium sifatli paxta-muslin matosi: Yumshoq va mutlaqo silliq material havo o‘tkazadi, tana haroratini me’yorda saqlaydi va yilning barcha fasllarida (yozda salqin, qishda issiq) sog'lom uyquni ta'minlaydi.
Ranglar mustahkamligi: Maxsus bo'yash texnologiyasi sababli mato ko'p marta yuvilganda ham rangi o'chmaydi, tiftik bo'lmaydi va g'ijim bo'lishga o'ta chidamli.
To‘plam tarkibi (Evro razmer- 4 ta buyum):
Ko‘rpa jildi — 1 dona (200 x 230 sm)
Chorshab — 1 dona (250 x 250 sm)
Yostiq jildi — 2 dona (50 x 70 sm) [image_yjbJQo.png]
Xizmat ko‘rsatish va parvarish:
30-40 daraja haroratda kir yuvish mashinasida nozik rejimda yuvish tavsiya etiladi. Tez quriydi va judayam oson dazmollanadi.
Ushbu patellar komplekti shaxsiy foydalanish uchun ham, yaqinlaringizga to‘y, ko‘ch-ko‘ron yoki bayramlar uchun amaliy va qimmatbaho sovg‘a sifatida ham idealdir!

