• joyni tejovchi ko‘p qavatli vertikal dizayn
• uy, ofis, balkon va do‘konlar uchun mos
• zang va tirnalishga chidamli kukunli qoplama
• har bir polka 4 kg gacha yuk ko‘taradi
• 3 tadan 8 tagacha polkali variantlarni tanlash mumkin
Polga qo‘yiladigan metall gul tagligi — uy, ofis, balkon yoki savdo joylari uchun zamonaviy va qulay yechim. Ko‘p qavatli konstruksiya bir vaqtning o‘zida bir nechta gullarni joylashtirish imkonini beradi, joyni tejaydi va interyerni yanada chiroyli hamda tartibli ko‘rsatadi. Vertikal dizayn tufayli gullar turli balandlikda joylashib, yorug‘likni yaxshiroq oladi va “yashil burchak” effektini yaratadi.
Taglik mustahkam metall konstruksiyadan tayyorlangan bo‘lib, kukunli (porshokli) qoplama bilan qoplangan. Bu qoplama mahsulotni zanglashdan, namlikdan va tirnalishlardan himoya qiladi hamda uzoq vaqt davomida chiroyli ko‘rinishini saqlab qoladi. Har bir polka 4 kg gacha yuk ko‘taradi, shu sababli turli o‘lchamdagi guldon va кашполар uchun mos keladi. Konstruktsiya barqaror, kundalik foydalanish uchun qulay va ishonchli.
Model 3, 4, 5, 6, 7 yoki 8 polkali variantlarda mavjud bo‘lib, xonangiz hajmi va gullar soniga qarab mosini tanlash imkonini beradi. Gul tagligi yordamida deraza tokchalari va pol bo‘shab, xonada yanada toza va tartibli muhit yaratiladi.


