Ikki qavatli plastik gul tuvak – zamonaviy riflyon dizaynga ega bo‘lib, uy, ofis, balkon va terassa interyeriga nafis ko‘rinish beradi. Tuvak ichki va tashqi qismdan iborat bo‘lib, ichki tuvakdagi drenaj teshiklari ortiqcha suvni chiqarishga yordam beradi. Bu esa o‘simlik ildizlarining chirishini oldini olib, sog‘lom o‘sishini ta'minlaydi.
Yuqori sifatli UV-chidamli plastmassadan ishlab chiqarilganligi sababli, uzoq muddat davomida o‘z rangini yo‘qotmaydi, quyosh nuri ta'sirida xiralashmaydi va deformatsiyalanmaydi. Materiali yengil, mustahkam va parvarishi juda oson.
Ushbu gul tuvak Anthurium, Spatifillum, Zamioculcas, Fikus, Monstera, Filodendron, Aglaonema, Potos, Sansevieriya va boshqa ko‘plab dekorativ xona o‘simliklarini parvarish qilish uchun juda mos keladi. Zamonaviy dizayni har qanday interyer bilan uyg‘unlashib, makoningizga yanada chiroyli ko‘rinish baxsh etadi.

