Gulli dizaynli yotoq komplekti yotoqxonangizga nafosat va shinamlik bag‘ishlaydi. Yumshoq hamda tanaga yoqimli HB matodan tayyorlangan bo‘lib, kundalik foydalanish uchun juda mos. Matosi havo o‘tkazadi, rangini yaxshi saqlaydi va ko‘p yuvilganda ham o‘z ko‘rinishini yo‘qotmaydi. Ikki kishilik yotoqlar uchun mo‘ljallangan komplekt tarkibiga ko‘rpa jildi, prostinya va ikki dona navolochka kiradi. Zamonaviy gulli naqsh mehmonxona, yotoqxona yoki yangi uy uchun ajoyib tanlov hisoblanadi. Sovg‘a qilish uchun ham munosib. Sifatli tikilishi, chiroyli rangi va uzoq xizmat qilishi bilan ajralib turadi.

