Granit qoplamali idishlar to‘plami 4 ta qozon — 10, 6,4 va2.5 litr hamda 1 ta 24 sm skovorodkadan iborat. Sifatli granit qoplama taomlarning idishga yopishib qolishini kamaytiradi, pishirish jarayonida issiqlikni bir tekis taqsimlashga yordam beradi va ovqat tayyorlashni yanada qulay qiladi. Shisha qopqoqlar pishirish jarayonini qopqoqni ochmasdan kuzatish imkonini beradi. Qulay va mustahkam dastalar idishlardan foydalanishda komfort yaratadi. Idishlarning ichki qismi oson tozalanadi va kundalik foydalanish uchun juda qulay. To‘plam gaz, elektr, keramika va induksiya plitalarida foydalanishga mos. Turli hajmdagi qozonlar oilaviy ovqatlar, sho‘rva, dimlama, palov va boshqa taomlarni tayyorlash uchun mos keladi. Ushbu to‘plam oshxonada zarur bo‘lgan asosiy idishlarni bir joyda jamlab, amaliy va qulay foydalanish imkonini beradi.

