Uyida IKEA do‘konlaridan mahsulot bo‘lmagan odamni topish qiyin bo‘lsa kerak. IKEAning noyob biznes-modeliga qiziqmaydigan rahbarni tasavvur qilish yanada mushkul, chunki u arzon narxlar, a’lo darajadagi funksional dizayn va do‘konlarning mayda-chuydasigacha o‘ylangan tuzilmasi uyg‘unligiga erisha olgan.
Axir bir paytlar IKEA eski shved fermasida joylashgan kichik oilaviy korxona edi-ku. IKEA qanday qilib bozor yetakchisiga aylangani, rahbariyatning qanday qarorlari unga ko‘plab inqirozlarni yengib o‘tishga va nihoyatda samarali va hech kimga o‘xshamaydigan biznes modelini yaratishga yordam bergani haqida uning yaratuvchisi - Ingvar Kampradning o‘zi hikoya qiladi.
Ushbu kitob shunchaki IKEA muvaffaqiyat tarixi emas. Bu orzu haqidagi hikoya va foydali biznesni ijodkorlik, o‘zaro hurmat va ishonch muhitida qurish mumkinligi haqida. Nihoyat, bu o‘zi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lganlar uchun qo‘llanma.

