Atrofimizdagi dunyoda ba’zi voqealar va hodisalar muntazam takrorlanib, hayotimiz va harakatlarimizga ta’sir ko‘rsatadi. Tsiklik qonuniyatlarni tushunish bizni o‘xshash sharoitlarda har safar yangidan qaror qabul qilish zaruratidan xalos etadi.
Moliyaviy bozorlar ham odatiy ssenariylar asosida ishlaydi, ularning ba’zilari sikllar deb ataladi. Ular tashqi sharoitlar ta’sirida yuzaga keladi, ammo - bu kitobning asosiy g‘oyalaridan biri - insonning hissiy va ruhiy holati hamda u bilan bog‘liq xatti-harakatlarning ko‘tarilish va pasayishlari ham ularga xuddi shunday darajada ta’sir ko‘rsatadi.
O‘z davrining eng buyuk investorlaridan biri Xovard Marks jonli va sodda tilda sikllarni qanday aniqlash va baholash, haddan oshmaslik va fond bozorida muvaffaqiyatli sarmoya kiritish uchun bozor sikllari haqidagi bilimlardan qanday foydalanish kerakligini o‘rgatadi.

