Globus — bu sayyoramizning okeanlar, dengizlar, daryolar, tog‘lar, ko‘llar va mamlakatlar kabi geografik yoki siyosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi uch o‘lchamli modelidir. Globus sirtida deyarli barcha geografik obyektlar belgilangan bo‘ladi. Undan foydalanish sayyoramiz haqida ko‘plab ma’lumotlarni qiziqarli tarzda o‘rganish imkonini beradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, globus bola uchun dunyoni anglashda muhim vosita hisoblanadi.

