Oiladagi er-xotinning roli qushning ikki qanoti kabidir. Oila farovon, baxtiyor boʻlishi, jannatda ham birga boʻlishlari uchun ikkalasi birgalikda harakat qilishlari lozim. Ushbu kitobda erkaklarga ham, ayollarga ham oʻzlariga xos tavsiyalar va ikkalasi uchun umumiy boʻlgan gaplar keltirilgan.
“To‘ydan keyin kech”
G‘iyosiddin Yusuf qalamiga mansub “To‘ydan keyin kech” asari turmush ostonasida turganlarga mo‘ljallangan bo‘lib, oila qurish oldidan o‘qilishi zarur bo‘lgan kitoblardan biri hisoblanadi.
Mazkur kitobda haqiqiy mukammal juftlik ijtimoiy tarmoqlardagi “yolg‘on” emas, aksincha halovat, o‘zaro ishonch va mehnat ustiga qurilishi aytiladi.
Saxifa-220
Muqova yumshoq

