E27 patronli girlyanda — uy, hovli, ayvon, terassa, balkon, kafe va boshqa joylarni dekorativ yoritish uchun mo‘ljallangan metrli chiroq tizimi. Kabel bo‘ylab joylashtirilgan patronlarga mos E27 lampochkalarni o‘rnatish mumkin. Bunday konstruksiya kerakli yorug‘lik uslubi va lampochka turini alohida tanlash imkonini beradi.
Girlyanda kundalik dekorativ yoritish bilan birga bayramlarda, yangi yil uchun bezak sifatida, archa atrofi, xona, hovli va tadbir maydonlarini bezashda foydalanishga mos. Qora kabel va bir xil masofada joylashgan patronlar o‘rnatilganda tartibli va zamonaviy ko‘rinish beradi. Metrli chiroqlar restoran, kafe, yozgi ayvon, fot zona va uy interyerida atmosfera yaratish uchun ham qulay.

