Acqua di Giò Giorgio Armani erkaklar aromati dengiz shabadasining yangiligi, yengil sitrus va yog‘ochsimon iforlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Aroma dengiz notalari va bergamot bilan ochiladi, keyinchalik yasmin, kedr va rozmarin notalari bilan uyg‘unlashadi. Asosiy bazada esa oq mushk va pachuli iforlari seziladi.
Toza, yangi va haddan tashqari og‘ir bo‘lmagan aromatlarni yoqtiradigan erkaklar uchun yaxshi tanlov. 3–20 ml hajmlari sumka yoki cho‘ntakda olib yurish uchun qulay, 50 va 100 ml variantlari esa muntazam foydalanish uchun mos.

