Gidrosiklon — suv tarkibidagi qum, loy va og‘ir mexanik aralashmalarni markazdan qochma kuch yordamida samarali ajratib beradigan professional filtr uskunasi. Tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari uchun ishonchli himoya vositasi hisoblanadi.
Bu filtr stansiya sug‘orish suvingizni ikki bosqichda chuqur tozalab beradi.
Gidrosiklon suv tarkibidagi qum, loy, og‘ir mexanik aralashmalarni aylanish orqali ajratib beradi. Og‘ir zarrachalar pastki qismga yig‘iladi va chiqariladi.
Diskli filtr esa gidrosiklondan o‘tgan suvdagi mayda zarralarni ushlab qoladi.
🔧 Asosiy vazifasi:
- Qum va loyni 90–100% gacha samaradorlik bilan ajratadi
- Nasos, kapelniy lenta va purkagichlarni tiqilib qolishdan saqlaydi
- Sug‘orish tizimining xizmat muddatini uzaytiradi!
- ⚙️ Texnik xususiyatlari:
- Ishlash bosimi: 2–6 bar (modeliga qarab)
- Korpus: mustahkam metall konstruksiya
- Pastki qismida chiqindi chiqarish krani mavjud
- Oson o‘rnatiladi va xizmat ko‘rsatish qulay
🌱 Qayerlarda ishlatiladi?
- Bog‘ va intensiv bog‘dorchilik xo‘jaliklari
- Paxta va g‘alla maydonlari
- Issiqxonalar
- Klaster va fermer xo‘jaliklari
✅ Afzalliklari:
- Elektr energiya talab qilmaydi
- Oddiy va ishonchli konstruktsiya
- Doimiy va barqaror filtratsiya
- Katta hajmdagi suv oqimiga mos
- 📌 Mahsulot xuddi rasmdagi ko‘rinishda yetkazib beriladi
- 📌 To‘liq yig‘ilgan, tayyor holatda
- 📌 O‘rnatish uchun qo‘shimcha asbob-uskunalar talab qilinmaydi
- Buyurtma bering va tizimingizni professional darajaga olib chiqing! 💦