Hyaluronic Acid Ampoule Serum Mask — gialuron kislotali matoli ampulali yuz niqob-serumi
Serumning ta’siri terini chuqur namlash va yoshartirishga, uni vitaminlar va minerallar kompleksi bilan to‘yintirishga qaratilgan. Niqob yog‘li va aralash teri egalari uchun ham, quruq va sezgir teri uchun ham mos keladi.
Tarkibidagi gialuron kislotasi teri yuzasida ko‘rinmas himoya qatlamini hosil qiladi, bu esa epidermis hujayralari ichida saqlanayotgan namlikning bug‘lanishini oldini oladi.
Shu tariqa, teri ichkaridan doimiy ravishda namlanib turadi, yorqin, parvarishlangan va silliq bo‘lib qoladi.
Shuningdek, gialuron kislotasi mimik ajinlar sonini kamaytirishga yordam beradi va ularni to‘ldirib, tekislaydi.

