Geysha sanʼati erkaklarni yoʻldan ozdirish emas, balki ularni oʻziga rom etishdan iboratdir... Uning kasbi — koʻngilni xushnud etish va maftun qilish. Biroq mijoz bilan yaqin munosabatda boʻlish qatʼiyan man etilgan, unga koʻngil qoʻyish esa sharmandalik hisoblanadi. Bu — oddiy dehqon oilasidan chiqqan va Kioto geyshalari malikasiga aylangan Sayuri haqidagi hikoya. Bu — adovat va raqobat, ayollarga xos ayyorona fitnalar hamda oʻnlab yillar davomida soʻnmagan buyuk muhabbat qissasi; shunday bir muhabbatki, uning yoʻlida Sayuri geyshalar qonun-qoidalariga qarshi chiqishga jurʼat etgan edi...

