Geymerlar va ofis uchun kompyuter kreslosi
Uzoq vaqt davomida kompyuter qarshisida ishlaydigan va oʻyin oʻynaydiganlar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ergonomik tuzilishi tufayli umurtqa pogʻonasiga tushadigan yuklamani kamaytiradi va charchoqni oldini oladi.

Sogʻlom oʻtirish: Bel va boʻyin qismi uchun moʻljallangan yumshoq yostiqchalar gavdani toʻgʻri ushlab turishga yordam beradi.
Dam olish imkoniyati: Suyanchiq 150 darajagacha egiladi va oyoq uchun chiquvchi maxsus tayanch mavjud – ish orasida bemalol yotib dam olishingiz mumkin.
Sifatli material: Havoni yaxshi oʻtkazuvchi eko-charm qoplamasi tozalashga oson va uzoq vaqt koʻrinishini yoʻqotmaydi.
Chidamlilik: Kuchaytirilgan poydevor va sifatli gʻildiraklar 150 kg gacha yuklamani bemalol koʻtaradi.
Moslashuvchanlik: Kreslo balandligini oʻzingizga moslab sozlash mexanizmi bilan jihozlangan.

