• Brend: ROISON
• O‘lchami: 60 × 60 sm
• Pech turi: Gazli (yuqori va pastki yoqilgichlar)
• Gril: Gazli
• Gaz nazorati (FFD): Mavjud
• Pech yoritgichi: Mavjud
• Kafolat 3 yil
ROISON RHWG 60 LAT Titanium gaz plitasi zamonaviy oshxona uchun qulay va ishonchli kombinatsiyalangan modeldir. 60×60 sm o‘lchami uni o‘rnatishda qulaylik yaratadi. Zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan varoq paneli 3 ta gaz konforkasi va 1 ta 1500 Vt quvvatli elektr konforka bilan jihozlangan.
Gazli pech yuqori va pastki yoqilgichlar hamda gazli gril bilan ta’minlangan, ichki termometr esa haroratni nazorat qilishga yordam beradi. Gaz nazorati (FFD) xavfsizlikni oshiradi. Avtomatik yoqish, pech yoritgichi va ikki qavatli shisha eshik qulay foydalanishni ta’minlaydi. To‘plamga 2 ta podnos, panjara va pastki qattiq yashik kiradi.

