Oshqozon va me’da-ichak traktining ishini qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan o‘simlik ekstraktlariga asoslangan biologik faol qo‘shimcha. Melissa, romashka, seldirak (solodka) va zanjabilning kombinatsiyasi tufayli pastilkalar yengil spazmolitik, tinchlantiruvchi va himoya qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Kattalar uchun mos bo‘lib, ovqatdan keyingi og‘irlik, ko‘ngil aynishi, ishtahaning buzilishi, kolikalar va meteorizmda yordam beradi.
Preparatning afzalliklari:
1. Me’da-ichak traktiga kompleks ta’sir: ovqatdan keyingi og‘irlikni kamaytiradi; ishtahani me’yorlashtirishga yordam beradi;
2. Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatini himoya qiladi:
Seldirak va romashka ekstraktlari himoya qiluvchi shilliq ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va yallig‘lanishni kamaytiradi.
3. Qulay qo‘llash shakli — so‘riluvchi pastilkalar:
Ovqatga bog‘liq holda emas, istalgan vaqtda qabul qilish mumkin. Simptomlar paydo bo‘lganda ham qo‘llashga qulay.
Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar:
Pastilkalar quyidagi holatlarda biologik faol moddalar manbai sifatida tavsiya qilinishi mumkin: oshqozon faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; ovqatdan keyingi og‘irlikni kamaytirish; ko‘ngil aynishi va to‘yib ketish hissini kamaytirish; ishtahani normallashtirish; kolikalar va meteorizmni kamaytirish; muntazam ich kelishini qo‘llab-quvvatlash; oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatini himoya qilish.

