• Material – 100% zanglamaydigan po‘lat
• Mustahkam va elastik
• Kimyoviy moddasiz – faqat mexanik tozalash
• Ko‘p martalik foydalanish – tez yirtilmaydi, uzoq xizmat qiladi
• Qo‘llanish sohasi – qozon, tova, gril, plita va metall sirtlar
Garnet metall skrubberi oshxonadagi qattiq va yopishib qolgan kirlarni mexanik usulda tozalash uchun mo‘ljallangan. Kuygan yog‘, ovqat qoldiqlari va qotib qolgan ifloslanishlarni samarali ketkazadi. Qozon, tova, gril, panjara, gaz va elektr plitalar uchun qulay.
Mahsulot 100% zanglamaydigan po‘lat simdan tayyorlangan bo‘lib, namlikka, zangga va maishiy tozalash vositalariga chidamli. Sim diametri 0.13–0.18 mm bo‘lgani sababli skrubber mustahkam, elastik va uzoq muddat foydalanishga mos. Tarkibida kimyoviy qo‘shimchalar mavjud emas, faqat mexanik tozalash asosida ishlaydi.
Ixcham o‘lchami va qulay shakli tufayli qo‘lda ishlatish oson. Uy sharoitida, umumiy ovqatlanish muassasalarida hamda professional oshxonalarda foydalanish uchun mos.
Komplekt variantlari: 3 dona, 5 dona, 10 dona.

