55 kg lik nikkel qoplamali gantel–shtanga to‘plami hamda 15 kg, 20 kg va 30 kg gantellar mavjud. Ishlab chiqarilgan joyi — Xitoy. Mahsulotlar mustahkam metallardan tayyorlangan bo‘lib, nikkel qoplamasi zanglashdan himoya qiladi, uzoq muddat xizmat qiladi va chiroyli yaltiroq ko‘rinishga ega.
55 kg lik to‘plam universal bo‘lib, uni gantel sifatida ham, shtanga ko‘rinishida ham ishlatish mumkin. Disklari yechib-taqiladigan bo‘lgani sababli vaznni o‘zingizga moslab sozlash imkoniyati mavjud. Riflёnka (g‘adir-budir) ushlagichlari qo‘lda sirpanishni kamaytiradi va mashg‘ulot vaqtida xavfsizlikni ta’minlaydi.
Uy sharoitida yoki sport zalida mashq qilish uchun juda qulay. Mushak massasini oshirish, kuchni rivojlantirish va umumiy jismoniy holatni yaxshilash uchun ideal tanlov. Boshlovchilar ham, tajribali sportchilar ham bemalol foydalanishi mumkin.

