📌 Kitob nomi: Gannibal, Qizil ajdarho, Qo'zichoqlar sukunati
📌 Muallif: Tomas Harris
📌 Til: O‘zbek
📌 Yozuv: Lotincha
📌 Muqova: Qattiq
📌 Sahifalar soni: 448, 432
📌 Qisqacha mazmun:
Federal qidiruv byurosi ruhiy xasta jinoyatchilar shifoxonasida hibsda saqlanayotgan ruhshunos shifokor Gannibal Lekterning yordamiga muhtoj. Qobiliyatli izquvar Uill Grexem "Qotilni qotil tuta oladi" degan tamoyilga asoslanib, Amerika Qo'shma Shtatlarini zir titratayotgan "Tish parisi" laqabli beshafqat qotilni tutishda yordam beradi. Axir o'zi uchiga chiqqan jinoyatchi bo'la turib, Gannibal Lekter nega boshi berk ko'chaga kirib qolgan, mamlakatning manaman degan izquvarlariga tutqich bermas qotilni tutishda qimmatli maslahatlarini berishga rozi bo'lishi mumkin? Qamoqxonaning zerikarli muhitidan to'ygan Lekter ham bu iltimosga rozi bo'ladi. U Federal qidiruv byurosi izlayotgan jinoyatchini qo'lga olib, o'zidanda aqlliroq qotil yo'qligini isbotlamoqchi bo'ladi.
Psixologik triller janri bo'yicha eng yaxshi asarlar ro'yxatidan joy olgan jahon bestselleri "Qizil ajdarho" muallifi "The Washington Post" nashri tomonidan "Hech bir yozuvchi inson qalbida ildiz otgan zulmatni Harrisdan ko'ra chuqurroq va xolisroq yorita olmagan va yarata olmaydi ham", deya e'tirof etilgan. Stiven King esa "Harrisning trillerlarini mutolaa qilish go'yo qo'lning muzdek ipak uzra ohista harakatlanishiga o'xshaydi", deya ijobiy fikr bildirgan.
Amerikalik yozuvchi Tomas Harrisning "Qo'zichoqlar sukunati" o'tkir syujetli detektiv asari xalqaro bestseller hisoblanadi. Zamonaviy psixologik triller janriga oid mazkur kiotb o'n sakkiz yoshdan oshgan kitobxonlarga mo'ljallangan. Voqealar rivoji o'quvchilarga yozuv jinoyatchilarning ichki olami, qarashlari, o'ziga xos jihatlarini tanitadi. Seriyali qotilliklar sodir etgan noma'lum shaxs ortidan tushgan jasur va qat'iyatli kursant qiz Kleris Starling qo'lga kiritgan dalillar yechimi va mantiqiy xulosalari, umuman olganda igna bilan quduq qazishdek murakkab izlanihslari oxir-oqibatda, o'z samarasini beradimi? Kasbi tikuvchi bo'lgan qotil erkak nega faqat ayollarni qurbon sifatida tanladi?Kursant qizning tushlariga bot-bot kirib bezovta qiluvchi, bolalikdagi ruhiy olami og'riqlaridan meros - tun zulmatidagi qo'zichoqlarning zorlanib ma'rashi bilan marham toparmikan?
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

