• 9 ta dasturlashtirilgan tugma
• Maksimal DPI: 12 000
• Maksimal tezlanish: 30 g
• Pixart PMW3336 o‘yin sensoriga ega
• Lorgar platformasi orqali to‘liq sozlanish imkoniyati
• Tugmalarning ishlash muddati: 50 million marta bosish
• Bosim kuchining ikkita o‘zgartirgichi: 40-45 g
• Takomillashtirilgan RGB yoritish tizimi
• O‘rnatilgan displey
• 100% PTFE oyoqchalar
Klassik o‘lcham va vaznni uyg‘unlashtirgan ergonomik dizayni tufayli Stricter 579’ga tez ko‘nikasiz.
Sichqonchaning oyoqchalari 100% PTFE’dan tayyorlangani uchun g‘oyat silliq sirpanadi.
Egiluvchan va pishiq silikon kabeli harakatlarni yanada yengillashtiradi, qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Bu zamonaviy va ishonchli sichqoncha 12 000 DPI aniqlikdagi ilg‘or Pixart PMW3336 sensori bilan jihozlangan bo‘lib, misli ko‘rilmagan aniqlikni ta’minlaydi.
OLED-ekran, asosiy tugmalari 50 million marta bosilishga chidaydigan to‘qqizta kuchli dasturlashtirilgan tugma, bosim kuchini sozlash mumkin bo‘lgan ikkita kalit va sinxronlanadigan RGB yoritgich shaxsiy moslashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Bularning barchasi o‘yin jarayoniga to‘liq sho‘ng‘ish uchun yaratilgan noyob Lorgar platformamiz tufayli mavjud.
Modum tech do‘konidan g‘olib bo‘lishingiz uchun eng sara qurol-aslahalarni tanlang!💪🏼

