Galaktikada bir kun, 1, 2, 3- qismlar, Sa'dulla Quronov
Sahifalar soni: 224 bet
Yil: 2026
Muqova: Yumshoq
1-qism
Mazkur asar voqealari koinotda kechuvchi o‘tkir syujetlar asosida qurilgan. Qissa qahramoni 12 yoshli Ahmad yaratgan juda noyob fazo kemasi yerlik olimlar qolib, o‘zga sayyoraliklarning e’tiborini tortadi. Endi u o‘zi bilmagan holda galaktikamizdagi yovuz kuchlar va yaxshilarning kurashiga aralashib qoladi. Asarni o‘qirkansiz, qiziqarli voqea va hodisalar ichida qahramonlar bilan birga yashaysiz. Shu bilan birga, koinot, galaktikalar, turli osmon jismlari va hodisalari haqida ilmiy maʼlumotlar bilan ham tanishasiz.
2-qism
Ushbu kitobda "Galaktikada bir kun" nomli asardagi voqealar davom etadi. Unda Ahmad oʻzga sayyoralik doʻstlari bilan koinotning olis maskanlarida boshdan kechirgan sarguzashtlar aks etgan. Asar syujeti fizika va astrofizikaning nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, kvant chigalligi, umumiy maydon nazariyasi, torlar nazariyasi, atom fizikasi, gravitatsiya kabi ilmiy muammolari va gipotezalari asosiga qurilgan. Shunday ekan, asar sizga maroqli mutolaa bilan birga ilm-fan yutuqlaridan zavqlanish va hayratlanish imkonini ham beradi. Asar bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan.
3-qism
Ushbu kitobda «Galaktikada bir kun» asardagi voqealar davom etadi. Mazkur qismda voqealar yanada chuqurlashib, ilmiy-fantastik g‘oyalar bilan boyitilgan holda davom etadi. Ahmad va uning do‘stlari oldidagi sinov nafaqat yovuz kuchlarni yengish, balki butun galaktika taqdirini hal qilishdir. Asar o‘quvchini hayajonli sarguzashtlar bilan birga ilm-fan mo‘jizalari haqida o‘ylashga undaydi, kvant fizikasi, parallel olamlar, qora materiya, qora energiya kabi ilmiy masalalarning qiziqarli olamiga olib kiradi.

