Kundalik foydalanishda smartfon dinamiklari, quloqchinlar va noutbuk klaviaturasi orasiga chang va kir to'planib qoladi. 8 tasi 1 da ko'p funksiyali tozalash to'plami barcha sevimli gadjetlaringizni xavfsiz, tez va sifatli tozalash uchun maxsus ishlab chiqilgan.
8 ta funksiya bitta ixcham korpusda:
- Katta zich cho'tka: Noutbuk va kompyuter klaviaturasidagi chang hamda ushoqlarni supurib olish uchun.
- Metall uchlik (pero): Quloqchin to'rchalari va smartfon tirqishlaridagi qotib qolgan kirlarni ehtiyotkorlik bilan tozalash uchun.
- Mini-cho'tka: Dinamiklar va zaryadlash portlarini chuqur tozalash uchun.
- Flokli yumshoq gubka: Simsiz quloqchinlarning (AirPods) zaryadlash qutisi ichini changdan tozalash uchun.
- Sprey idishi (bo'sh): Ekran tozalovchi suyuqlik quyib ishlatish uchun qulay purkagich.
- Mikrofibra mato (korpus orqasida): Telefon, planshet va monitor ekranlaridagi barmoq izlarini chizmasdan artish uchun.
- Klaviatura tugmalarini yechgich (Keycap puller): Mexanik klaviatura tugmalarini oson yechib, tagini tozalash uchun.
- Telefon uchun taglik (Podstavka): Video ko'rishda smartfonni qulay joylashtirish uchun yig'ma tirgak.
Afzalliklari:
- Ixcham o'lcham: Cho'ntak yoki sumkaga bemalol sig'adi, har doim o'zingiz bilan olib yurishingiz mumkin.
- Xavfsiz materiallar: Yumshoq cho'tkalar va mikrofibra gadjetlaringiz ekranini va korpusini tirnamaydi.
- Ajoyib sovg'a: Har qanday smartfon va kompyuter foydalanuvchisi uchun foydali va zamonaviy aksessuar.