⚠️ Muhim eslatma!
Hurmatli xaridorlar!
Ushbu chexollarni o'zingiz o'rnatmasligingizni tavsiya qilamiz. To'g'ri va chiroyli natijaga erishish uchun chexolni avto chexol o'rnatish ustalariga (ustanovkachi) o'rnattiring.
Noto'g'ri o'rnatilgan chexol mashinaga tushmayotgandek yoki yaxshi turmayotgandek ko'rinishi mumkin. Professional o'rnatilganda esa chexol avtomobil o'rindig'iga to'liq mos tushadi va estetik ko'rinishga ega bo'ladi.
Sizning qulayligingiz va mahsulotdan maksimal darajada mamnun bo'lishingiz uchun professional o'rnatishni tavsiya qilamiz.
GAC AION i60 avtomobili uchun maxsus ishlab chiqarilgan premium avto o'rindiq chexollari avtomobil saloningizni himoya qilish bilan birga unga zamonaviy va original ko'rinish beradi.
Chexollar aynan GAC AION i60 modeli uchun ishlab chiqarilgan bo'lib, o'rindiqlarning zavod shakliga mukammal mos tushadi.
Asosiy qismi yuqori sifatli, yupqa va havo o'tkazuvchi premium matodan tayyorlangan. Material havoni yaxshi o'tkazadi, uzoq safarlarda ham qulaylik yaratadi va barcha fasllarda foydalanish uchun mos hisoblanadi.
Old o'rindiqlarning orqa tomoni sifatli eko-ko'ja bilan qoplangan. Shu sababli yo'lovchilar oyoq tekkizadigan joylarni oddiy nam mato bilan tez va oson artib tozalash mumkin.
✔ GAC AION i60 modeli uchun maxsus ishlab chiqarilgan
✔ Zavod o'lchamlariga 100% mos
✔ Yupqa va havo o'tkazuvchi premium mato
✔ Yuqori sifatli va uzoq muddat xizmat qiladi
✔ Old o'rindiqlarning orqa tomoni eko-ko'ja bilan qoplangan
✔ Oson tozalanadi
✔ Asl o'rindiqlarni kir, chang va eskirishdan himoya qiladi
✔ Salon ko'rinishini yanada premium va zamonaviy qiladi
✔ Professional tikuv va sifatli materiallardan tayyorlangan
• Bej
• Kulrang (Seriy)
• Qora

