Inson hayotda yashar ekan, uning umri uch bosqichda: bolalik, yoshlik va keksalik davrida kechadi. Dastlab bola hayoti bilan soddaroq, keyin yoshlik xayoli bilan jo‘shqinroq yashasa, keksaligida bor-yo‘q falsafasi, hayot xulosasi bilan yashaydi. Umr sarhisobi davomida aytishi lozim bo‘lgan SO‘Zini bir-da aytsa, bir-da aytmaydi.
“Aka-uka Karamazovlar” – adibning eng so‘nggi asari ekanligini hisobga olsak, bu asarni uning so‘nggi SO‘Zi deyishimiz, to‘g‘ri bo‘lar balki. Uch aka-uka – biri soddaroq, biri jo‘shqin va boshqasi mulohazali. Xarakter va qarashlari bir-biriga o‘xshamaydi. Ammo barchasida umumiylik bor, bu nafaqat qondoshlik, balki maʼnaviy yaqinligida aks etadi. Ular bilan tanishar ekanmiz, hayot har bir inson shaklida davom etar ekan, insoniylik degan tushuncha o‘lmaydi, degan xulosaga kelamiz.
Xo'rlanganlar va haqoratlanganlar
Sahifa 428
muqova qattiq
lotin tilida
Qimorboz
Sahifa 302
muqova qattiq
kiril tilida
Fyodor Dostoyevskiyning «Ayrilmas er» deb nomlangan ushbu qissasi haqida - yozilish tarixi, tarjima jarayonlari, asar mohiyati kitob avvalida tarjimon tomonidan izohlangan. Asarda ilgari surilgan g‘oya, Dostoyevskiyning aytmoqchi bo‘lgan so‘zi, tarjimon yondashuvi o‘quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Makon, zamon va uslub nuqtayi nazaridan Dostoyevkiy asarlari qimmatga ega. Demak, ushbu qissa ham yozuvchi, ham tarjimon mahorati bilan muxlislarga ajoyib sovg‘a bo‘ladi.
Sahifa 190
muqova qattiq

