Dostoyevskiy inson ruhiyatini yorituvchi salmoqli asarlari bilan jahon adiblari ro‘yxatidan o‘rin oldi. Uning umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi barcha asarlari allaqachon haqiqiy kitobxonlar jovoniga terib bo‘lingan. Adibning ma’lum bir millat hayotini, turmush tarizini yoritar ekan, zamirida barcha xalqlarga birdek xos bo‘lgan ma’naviy xususiyatlarni mehr-muhabbat, sadoqat, elparvarlik, mehnatsevarlikni yuksaklarga ko‘taradi. "Kambag‘allar" romani ham ana shunday tuyg‘u va hislatlarni ulug‘lovchi asarlardan biri.
Saxifa-190
Ok rangli kogoz
Rus va jahon adabiyotiga katta taʼsir ko‘rsatgan adib Fyodor Dostoyevskiy to‘laqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimi va insonlar taqdirini, balki jamiyat maʼnaviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera olgan nodir isteʼdod sohibidir. O‘zining roman va qissalarida fikrlarning keskin kurashini, g‘oya va dunyoqarashning to‘qnashuvini mahorat bilan tasvirlagan. Uning asarlari vazmin tasvir uslubi emas, akcincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi bilan ajralib turadi.
Ushbu kitobga kiritilgan dastlabki ikki asarda adib insonning ruhiy holatini haqqoniy tasvirlaydiki, shunga ko‘ra muallifni RUHIYAT RASSOMI deb atasak, hech mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Kitob so‘ngida berilgan maktublarda esa yozuvchining ijod laboratoriyasidan bevosita boxabar bo‘lish mumkin!
Muqovas -Qattiq
Betlar soni-176

