Har bir maktab tongi tezkor tayyorgarlikdan boshlanadi. Bola ozoda kiyingan bo‘lishi, maktab talablariga mos ko‘rinishi va kun davomida o‘zini qulay his qilishi muhim. Shu sababli Tantana maktab polosini yaratdik — u klassik ko‘ylakka qulay va amaliy alternativadir.
Polo 100% tabiiy paxtadan tayyorlangan. Mato yumshoq, teriga yoqimli va havoni yaxshi o‘tkazadi. Darslar va tanaffuslar davomida bola o‘zini qulay his qiladi, terisi erkin nafas oladi.
Erkin to‘g‘ri bichim harakatlarni cheklamaydi. Polo bilan yozish, yugurish, qo‘lni ko‘tarish yoki kun davomida faol bo‘lish juda qulay. Model o‘g‘il va qiz bolalar uchun birdek mos keladi.
Oq rang maktab kiyim talablariga mos bo‘lib, shimlar, yubkalar, sarafanlar, nimchalar va pidjaklar bilan mukammal uyg‘unlashadi.
Mahsulot sifatli tikilgan. Choklar puxta ishlangan, yoqasi va yenglari shaklini uzoq vaqt saqlaydi. To‘g‘ri parvarish qilinganda polo ko‘p marotaba yuvilgandan keyin ham ozoda va chiroyli ko‘rinishini yo‘qotmaydi.
Klassik ko‘ylakka qaraganda polo kiyish ham, parvarish qilish ham osonroq. U tez quriydi va ota-onalarning vaqtini tejaydi.
Nima uchun Tantana polosini tanlashadi?
✔ 100% tabiiy paxta
✔ Maktab talablariga mos
✔ O‘g‘il va qiz bolalar uchun
✔ Nafas oluvchi mato
✔ Harakatni cheklamaydi
✔ Kun davomida qulaylik
✔ Ozoda tashqi ko‘rinish
✔ Oson yuviladi
✔ Parvarishi oddiy
✔ O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan
Tantana maktab poloshi — sifat, qulaylik va amaliylikni birlashtirgan kiyim bo‘lib, farzandingizga har kuni ishonch va qulaylik baxsh etadi, ota-onalarga esa xotirjamlik beradi.

