Zamonaviy va ko'p funksiyali french-press oshxonangizning haqiqiy ko'rkiga va sevimli issiq ichimliklaringizni tayyorlashda ajralmas yordamchiga aylanadi. Naqshli metal korpus nafaqat choynakka go'zal ko'rinish beradi, balki shisha kolbani tasodifiy zarbalardan ham xavfsiz saqlaydi.
Asosiy afzalliklari:
- Mustahkam va issiqqa chidamli shisha: Haroratning keskin o'zgarishiga chidamli va hidlarni o'ziga shimib olmaydi.
- Samarali metall filtr: Zanglamaydigan po'latdan yasalgan mayda setkali porshen quyqasiz va toza ichimlikni ta'minlaydi.
- Qulay tutqich: Qizimaydigan plastmassadan yasalgan qulay tutqich kuyib qalishning oldini oladi va xavfsizlikni ta'minlaydi.
- Tez tayyorlash: Bir necha daqiqa ichida xushbo'y choy yoki kofe damlash imkonini beradi.
- Oson parvarish qilish: Qismlarga ajratish va tozalash juda oson va qulaydir.