FREEDOM® ipchasiz yumshoq tamponlar - hayz kunlarida ham odatdagi hayot tarzini davom ettirish imkonini beradi. Ular bilan sport bilan shug‘ullanish, suzish va SPA-ga borish mumkin. Buning siri — o‘ta yumshoq material va yurakcha shaklidagi noyob dizaynda. Tamponni chiqarish uchun odatiy ip o‘rniga maxsus kesim mavjud. Shu sababli FREEDOM® ipchasiz tamponlari har qanday kiyim ostida (hatto kiyimsiz ham) mutlaqo bilinmaydi va faol harakat paytida sezilmaydi.
Tampon materiali va mahsuloti Germaniyada ayol ginekologlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. FREEDOM® tamponlari Germaniyaning Myunster shahridagi DermaTest laboratoriyasida mustaqil dermatologik va ginekologik sinovlardan o‘tgan. DermaTest 1978-yildan buyon inson salomatligi uchun eng yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mustaqil xalqaro tadqiqotlar olib boradi. Sinov natijalariga ko‘ra, FREEDOM® tamponlari foydalanish uchun to‘liq ma’qullangan.
FREEDOM® mahsuloti Oeko-Tex Standard 100 standartiga mos keladi. Ushbu sertifikat mahsulotning iste’molchi uchun xavfsiz ekanligini tasdiqlaydi. Shuningdek, FREEDOM® GLYPHOSATE FREE belgisi bilan sertifikatlangan, ya’ni mahsulot tarkibida JSST tomonidan «ehtimol kanserogen» deb tasniflangan glifosat mavjud emas.
FREEDOM® tamponlari suyuqlikni shimdirganda hajmi kattalashmaydi, bu esa maksimal qulaylikni ta’minlaydi.
Ginekologlar tomonidan ma’qullangan. Germaniyada ishlab chiqarilgan.

