• Muqovasi yumshoq
• Nashriyot yangi asr avlodi - 2022
• Abu Nasr Forobiy: Fozil odamlar shahri - kirillcha - 320 bet
• Nizomulmulk: Siyosatnoma - kirillcha - 304 bet
• Kaykovus: Qobusnoma - kirillcha - 224 bet
• Kalila va dimna - lotincha - 304 bet
Abu Nasr Forobiy: Fozil odamlar shahri - Sharq Uyg‘onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy asarlarida oqilona davlat tuzimi, insoniyat jamiyati haqidagi nodir va dono fikrlarga duch kelamiz. IX–X asrlarda yashab, ijod etgan «Arastu falsafasi», «Fozil odamlar shahri», «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida» asarlaridan namunalar kiritilgan. Kitob faylasuflarga, tarixchilarga, adiblarga va shu soha bilan qiziquvchi o‘quvchilarga mo‘ljallangan.
«KАLILА VА DIMNА» — adabiy yodgorlik. «Panchatantra» va «Xitopadesha» kabi qadimgi hind ogʼzaki ijodi zaminida vujudga kelgan, uning aniq, yozilgan vaqti maʼlum emas. Аsar shahzodalarga taʼlim-tarbiya berishga moʼljallangan boʼlib, nasihat ruhida yozilgan. Unda ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va maishiy masalalar, asosan, majoziy yoʼl bilan 2 shagʼol (chiyaboʼri) — KАLILА va DIMNА (sanskritcha Kartak va Damnako, paxlaviyda Kalilak va DIMNА) munozarasi shaklida bayon etiladi.
«QOBUSNOMА» — Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-a.). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shamsu l-Maoliy Qobusning nabirasi Unsuru l-Maoliy (Kaykovus,1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va «Nasihatnomai Kaykovus» deb atalgan. «Qobusnoma» shu asarning oʼzbekcha tarjimasidir. Muallif asarni oʼgʼli Gilonshohga bagʼishlagan.
«Qobusnoma» asosini Qurʼoni karim suralari, Muhammad (sav)ning faoliyati va koʼrsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyatlar tashkil etadi. Аsar 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʼambarlarning xilqati (yaratilishi), Аlloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʼlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʼrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʼplab masalalarni oʼz ichiga oladi. Аsarda hunar va ilm jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari deb qaraladi. Odamlar 3 guruhga boʼlinib, ularning jamiyatda tutgan oʼrni belgilanadi; odamlarning fazilatlari ham 3 guruhga boʼlinadi: aqllilik, haqgoʼylik, juvonmardlik.
Nizomulmulk: Siyosatnoma - Mana to‘qqiz asrdan oshibdiki, qo‘limizdagi ushbu kitob turli tillarda ko‘pgina xalqlarning amir-u umarolari, mutafakkir-u ijodkorlari, umuman, ziyoli ahli diqqatini o‘ziga tortib keladi. Hatto G‘arb mamlakatlarida bu kitob barcha davrlar uchun davlatni, jamiyatni boshqarishda, din-u eʼtiqod pokligini, mamlakat yaxlitligi va daxlsizligini saqlashda, fuqarolar haq-huquqlari va osoyishtaligini himoya qilishda, xalqqa shu talablar darajasidagi salohiyatli rahbarlar bosh bo‘lishida asqatadigan yaxshi qo‘llanma, maroqli badiiy asar va tarixiy manba sifatida eʼtirof etilgan Kitob tarixchilar, siyosatchi va siyosatshunoslar, faylasuflar shuningdek, bu sohalarga qiziqqan kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan...

