Bizning "Top, o‘rgan va ko‘rsat" turkumidagi kitoblarimiz chinakamiga o‘ziga xosdir: ular o‘yin tarzida yaratilgan, bola uchun esa hayvonlar bilan o‘ynash — bu haqiqiy zavq! Kitob sahifalaridagi rang-barang tasvirlar hayvonot bog‘i jonivorlarining sirlarini ochib beradi. Rasmlarni tomosha qilar ekan, bolalar "yashiringan" yoki "yo‘qolib qolgan" hayvonlarni izlaydilar, ularni ko‘rsatadilar, nomlarini takrorlaydilar va harakat jarayonida kuzatadilar. Bu yerda tasavvurga hech qanday cheklov yo‘q: siz o‘zingiz savollar va mashg‘ulotlar o‘ylab topishingiz yoki kichkintoyingiz bilan birgalikda rasmlar asosida hikoyalar yaratishingiz mumkin.

