• Men Bas qil ey nafs, Fotih Duman qattiq muqova
• SIR - Oshiqlar o'lmas - 220 bet
• LOL - Har shaharning o'z egasi bor - 304 bet
• OHI - Inson o'lur, Orzular o'lmas
• DAM - Istanbulning afsonaviy oshiqlari
• ASO - Inson unitilganda o'ladi - 396 bet
• PIR - Piri Turkiston Ahmad Yassaviy qissasi - 379 bet
• A'MO - Korish uchun koz kerag emas.
Ichimda bir ovoz bor. Dunyoga kelibmanki, oʻzimniki deb oʻylaganim oʻsha ovoz bor... Hech toʻxtamagan, har doim shivirlab turgan ovoz... Kimdir uni “ichki ovoz” desa, yana kimdir uni “Menlik” deb ataydi, ammo eskilar buni “nafsning ovozi”, “nafs” deb atashadi...
Nafs — zahardir. nafs — dushmandir... U hech qachon tin olmaydi... Sizning ham ichingizda bir ovoz siz bilan gaplashadimi? Siz jim boʻlgan paytingizda ham u gapiraveradi, shundaymi? Quloqlaringizga nimalarnidir pichirlaydimi? Yolgʻiz qolgan paytingizda bu gʻalati ovoz siz bilan soʻzlashadimi?
Men siz bilan dardlashadigan oʻsha nafs haqida hikoya qilib beraman. Shunday ekan, bu kitobni nafsingiz tilidan xitob qilinadigan bir hikoya deb qabul qilgaysiz....
Ammo shuni bilingki, qalbimizga mana shularni vasvasa qilgan ham nafsimizdir. Bizlarni ishdan qoldirgan, aldab suldagan ham nafsdir. Va hatto, ichingizdan bir ovoz sizga “Bu kitobni aslo oʻqima!” deyayotgan boʻlsa, bilingki, bu ham ana oʻsha nafsning ovozidir. Gapirishdan koʻra yozish osonroqdek, yaxshiroqdek tuyuladi gohida. Garchi qiyin boʻlsa-da, men ham gapirmay, faqatgina yozaverdim. Sahifalarni qoralayverdim. Siz uchun, aynan siz uchun yozdim...
“Har bir kitobning oʻz egasi bor”, deydilar. Ajab emaski, bu kitob faqatgina siz uchun yozilgan boʻlsa!
"Ayrimlar tirikligida o‘lik bo‘lur, baʼzilar esa o‘lganida ham tirikdir. Ko‘ngli o‘lik kishining jismi tirik bo‘lsa-da, u o‘lik hisoblanur. Ko‘ngil siridan voqif kishi esa garchi o‘lsa ham, tirikdir. Shu bois o‘lmoq deganlari har doim ham bir xil emas. Bu olamda o‘likday yashaganlar narigi dunyoda tirikday kezib yuradi" dedi Yahyo afandi.
Avvalgilar Istanbulning to‘rt nafar ruhoniy muhofizi borligiga ishongan. Ulardan biri Yahyo afandi - o‘lsa-da, vazifasi tugamagan fazilatli zot, dovrug‘i dunyoga taralgan sulton Sulaymon Qonuniyning emikdoshi.
"Abadiy ishq istaysizmi? Unda hech qachon o‘lmaydigan Sevgiliga oshiq bo‘ling", degan avvalgilar. Xuddi ana shunday oshiq haqida, bu dunyodan o‘tib ketgan bo‘lsa-da, o‘lmagan Yaxyo afandi to‘g‘risida so‘z yuritmoqchiman. Zero, Yunus Emro aytganidek, oshiqlar o‘lmaydi.
O‘lganlar yo‘q bo‘lib ketadi deb o‘ylaysizmi? O‘lmaydigan o‘liklar ham bo‘lsa-chi?..
Har bir shaharning o‘z egasi borligiga ishonaman. Faqat shaharning egalari bu shaharda tug‘ilgan, bu zaminda yurgan, unda qadam dam bosganlar emas, balki bu shaharni sevgan. unga ko‘ngil qo‘yganlardir uning haqiqiy egalari, Vafot etgan bo‘lsalar ham, haligacha insonlarning qalbida yashab kelishmoqda.
Bu safar Shamsiddin Sivasiy uchun kechalarni kunduzlarga uladim. Oylar davomida u zot haqida o‘qidim, u zotni tingladim, u zot haqida o‘ylab uyquga yotdim, u zot haqidagi so‘zlar bilan uyg‘ondim. Bir shaharni sevish nima ekanligini, bir shaharga qalban bog‘lanish qanday bo‘lishini u zotdan o‘rgandim.
Aziz o‘quvchi, yana qalbimga bir dard tushdi. Ichimda bir sir bor, lekin bilmayman qayerdan keldi. Birgalikda qidirib ko‘rmaymizmi, nima deysiz? Keling, bu dardni baham ko‘ramiz. bu sirni o‘rtoqlashamiz. Zamonning alg‘ov-dalg‘ovlaridan bir chetga o‘tib, eski zamonda Sivasda uchrashamiz va Shamsiddin Sivasiy hazratlarining dargohiga boramiz.
Bu gal sizni xayolimdagi ko‘zlari ko‘r bo‘lgan bir insonning tilsiz, lol bir kotibga yozdirgan hikoyalari bilan tanishtirmoqchiman. Bu hikoyalar qalblarni fath qilish uchun yo‘lga chiqqan bir inson haqida so‘zlaydi. Qanday qilib so‘zlaydi, demoqchimisiz? Birining ko‘zlari aʼmo, ko‘rolmaydi. Ikkinchisining esa tili lol, гапиролмайди....


