Fonarik yengli, ko‘k gulli ayollar ko‘ylagi. Nafis, zamonaviy va qulay obraz yaratish uchun ideal tanlov.
Ko‘ylak sifatli “prada” matosidan tikilgan bo‘lib, u yengil, yumshoq va tanaga yoqimli. Mato shaklini yaxshi ushlab turadi, ko‘rinmaydi va issiq havoda ham qulaylik beradi.
Ko‘k rangdagi gul printi obrazga yangilik va nafislik qo‘shadi, fonarik yenglar esa ko‘ylakka hajm berib, yanada chiroyli va ayollarga xos ko‘rinish yaratadi. Erkin fason har xil tana tuzilishiga mos tushadi va 42–48 o‘lchamlar uchun juda qulay.
Ushbu ko‘ylak kundalik kiyish, sayr, uchrashuv, dam olish va yozgi tadbirlar uchun a’lo tanlov. Turli oyoq kiyimlar bilan oson kombinatsiya qilinadi — krossovka, босоножка yoki tufli bilan.

