• USB 3.0 texnologiyasi – yuqori tezlikda ma’lumot uzatish
• Ixcham va yengil – har kuni yoningizda olib yurish uchun qulay
• Plug & Play – drayverlarsiz ishlaydi
• Ko‘pchilik qurilmalarga mos – noutbuklar, kompyuterlar, avtomobil audio tizimlari va boshqalar
USB-fleshka LEXAR — kundalik foydalanish uchun qulay va bardoshli qurilma.
Fleshkaning yuqori tezlikda ishlash qobiliyati fayllar bilan tez va samarali ishlashni ta’minlaydi, zamonaviy va mustahkam korpus esa ma’lumotlarni shikastlanishdan himoya qiladi.
Foto, HD video, hujjatlar, ilovalar, arxivlar, musiqa va boshqa fayllarni saqlash uchun ideal.
Xotira ishlab chiqaruvchilari o‘nlik tizimdan foydalanadi, ya’ni:
1 GB = 1 000 000 000 bayt
Biroq operatsion tizimlar (Windows, Android va boshqalar) hajmni ikkilik tizim (GiB) bo‘yicha ko‘rsatadi:
1 GiB = 1 073 741 824 bayt
Shuning uchun haqiqiy mavjud hajm biroz kamroq bo‘ladi - bu yolgon emas, balki turli hisoblash tizimlaridan kelib chiqqan farq.
32 GB → 29,6 GB
64 GB → 59,5 GB
128 GB → 119 GB
256 GB → 238 GB
Bu barcha xotira kartalari uchun normal holat bo‘lib, nosozlik hisoblanmaydi.

