• legginsi
• yubkali leginsi
• sport kiymi
Leggins va yubka birlashtirilgan ushbu 2-in-1 sport kiyimi qulaylik, nafislik va funksionallikni bir joyda jamlagan. Kundalik kiyim sifatida ham, sport mashg‘ulotlari uchun ham ajoyib tanlov bo‘lib, har bir harakatda erkinlik va ishonch beradi. Yuqori elastik qomatga mos bel qismi qorin va bel chizig‘ini yumshoq ushlab turadi, keng rezinka esa tanani siqmaydi va kun bo‘yi noqulaylik tug‘dirmaydi.
Yubka qismi oyoq shaklini nafis ko‘rsatadi, biroz kengrog‘i esa harakat davomida o‘zini yaxshi tutadi va figarani vizual ravishda yanada moslashtiradi. Legginsning asosiy materiali nafas oluvchi, yengil va cho‘ziluvchan bo‘lgani uchun yugurish, fitnes, yoga, velotrenajyor yoki oddiy sayrlar uchun juda mos keladi.
Yashirin yon cho‘ntak esa ushbu modelning eng katta afzalliklaridan biri bo‘lib, telefon, kalit, karta yoki mayda buyumlarni bemalol joylashtirish imkonini beradi. Kundalik hayotda qo‘l bo‘sh bo‘lishi qulay, sport paytida esa buyumlaringiz xavfsiz bo‘lib qoladi.
Ushbu modellarning qora rangda taqdim etilishi uni yanada universal qiladi — istalgan sport topi, sviter yoki ko‘ylak bilan ajoyib uyg‘unlikda turadi. Materiali tez quriydi, shaklini yo‘qotmaydi va yuvilgandan keyin ham yangidek ko‘rinadi. Issiq havoda salqinlik, salqin havoda esa yoqimli issiqlik beradi.
Bir vaqtning o‘zida ham chiroyli, ham qulay ko‘rinishni istagan qizlar uchun a’lo tanlov. Mashg‘ulotlarda, sayrda, uyda, hatto shahar bo‘ylab yurganda ham o‘zini ishonchli va erkin his qilishni yoqtiradiganlar uchun mo‘ljallangan.
Agar sizga qulaylik, uslub va funksionallik birgalikda kerak bo‘lsa — bu leggins+yubka modeli aynan siz uchun!

