• ISBN: 978-9943-8143-2-5
• Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
• Nashriyot: «Hilol Nashr»
• Hajmi: 312 bet
• O‘lchami: 13.5 × 21 sm
• Muqovasi: qattiq
• Alifbosi: kirill
• Tili: o'zbek
Fiqh va fiqhiy mazhablar hamda bu borada yozilgan kitoblar haqida so‘z borar ekan, biz uchun hanafaiy mazhabi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bizning vatanimiz qadimdan hanafiylik tarqalgan, o‘ziga xos nufuzga ega bo‘lgan va shunday bo‘lib kelayotgan o‘lkadir. Vatanimizdan ko‘plab faqihlar chiqqan va fiqhning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha barchaning tahsiniga sazovor bo‘lgan kitoblar bitilgan. Shuning uchun ham hanafiy fiqhi kitoblari va ularning martabalariga oid ma’lumotlarni taqdim qilishga alohida ahamiyat berdik.
Kitobimizda hanafiy mazhabidagi kitoblarning martabalari va ularning darajalari haqida ham maqola keltirdik.
Hanafiy kitoblar ichida ulug‘ vatandoshimiz Burhoniddin Marg‘iloniy rahmatullohi alayhining «Hidoya»si alohida e’tiborga sazovorligi bois «Hidoya»ning ilmiy va nazariy ahamiyati hamda uning o‘ziga xos xususiyati» nomli maqolani ham taqdim etdik.
Albatta, fiqhiy asarlar haqidagi ma’lumotlar bugungi kunimizda yozilgan kitoblar to‘g‘risidagi bilimsiz to‘liq bo‘lmasligi aniq. Shuning uchun ham «Hozirda yozilayotgan fiqhiy kitoblar» sarlavhasi ostida «Mavsu’atul fiqhil islamiy», «Al-mavsu’a al-fiqhiyya», «Majmu’atu al-fataviy ash-shar’iyya», «Fiqhus-sunna», «Al-fiqhul islamiyyu va adillatuhu», «E’lous-sunan», «Al-fiqhul Hanafiyyu va adillatuhu», «Al-Muomalot al-moliya» kabi kitoblar haqida ham imkon qadar so‘z yuritdik.
So‘ng umumiy fiqhiy istilohlarga, hanafiy mazhabining ba’zi istilohlariga, ibodatdagi istilohlarga va boshqa ma’lumotlarni taqdim qilishga o‘tildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu kitobni diqqat bilan o‘qigan har bir shaxs juda ko‘p kerakli ma’lumotlar bilan oshno bo‘ladi, degan umiddamiz.
MUNDARIJA
Kirish so‘zi
1 Islomda kitobatning boshlanishi
2 Fiqh va faqihlar
4 Furu’ul fiqh kitoblari
5 Usulul fiqh kitoblari
6 Fatvo kitoblari
7 Ahkomi vaqf kitoblari
8 Adabul qozi va qozilik kitoblari
9 Siyar kitoblari
10 Faroiz kitoblari
11 Siyosatush-shar’iyya kitoblari
12 Fiqhiy qoidalar kitoblari
13 Xilof va ixtilofi fuqaho kitoblari
14 Yozilish shakliga ko‘ra fiqh kitoblari
15 Hukm oyatlari tafsiri
16 Ahkom hadislarga oid kitoblar
17 Shar’iy odoblarga oid kitoblar
18 Jamoaviy mualliflar kitoblari
19 Fiqh lug‘ati kitoblari
20 Hanafiy mazhabidagi kitoblar martabalari
21 Hidoyaning ilmiy va nazariy ahamiyati hamda uning o‘ziga xos xususiyati
22 Hozirda yozilayotgan fiqhiy kitoblar
23 Islom fiqhi akademiyalari
24 Umumiy fiqhiy istilohlar

